platina.uz
Jamiyat

Madaniy obʼektni sotmoqchi boʻlgan Davaktiv endi Botanika bogʻini koʻzlayapti

Avvalroq, Davaktiv tomonidan  OʻzA va "Sharq" binolari auksionga qoʻyilishi maʼlum boʻlgandi.

Madaniy obʼektni sotmoqchi boʻlgan Davaktiv endi Botanika bogʻini koʻzlayapti

Davaktiv agentligi ishlab chiqqan Hukumat qarori loyihasida Oʻzbekistondagi barcha istirohat bogʻlari hokimliklar huzurida tuziladigan "Istirohat bogʻlarini boshqarish direksiyasi"ga oʻtkazilishi belgilanmoqda. Ular ichida Oʻzbekiston fanlar akademiyasi huzuridagi Toshkent botanika bogʻi ham bor.

Botanika bogʻining hokimiyat tasarrufiga oʻtkazish taklifi tarmoq faollari, Ekopartiya va masʼul tashkilotlar qarshiligiga uchradi.

"Qaror loyihasi kelishuv uchun portalga joylashtirilganda Fanlar akademiyasi uni nihoyatda salbiy ruhda qabul qildi. Oʻrnatilgan tartibga binoan qaror loyihasi idoralararo kelishuv tarzida amalga oshiriladi. Qaror loyihasi kelib tushgan kunning oʻzidayoq Fanlar akademiyasi qaror loyihasi yuzasidan Davlat aktivlarini boshqarish agentligining masʼul ijrochisi bilan bogʻlandi va Botanika bogʻini roʻyhatdan chiqarib tashlash lozimligini taʼkidladi.

Shundan soʻng, yuqori turuvchi organlar ogʻzaki tarzda xabardor qilindi. Fanlar akademiyasining mutahassislari tomonidan asosnoma tayyorlanib, oʻrnatilgan tartibga binoan belgilangan muddatdan chiqib ketmagan holda, project.gov.uz tizimi orqali Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasining 1-ilovasi 193-tartib raqam bilan kelgan “Botanika bogʻi”ni roʻyxatdan chiqarib tashlash qatʼiy talab qilindi. Fanlar akademiyasining eʼtirozlarini inobatga olib, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Qaror loyihasidan Botanika bogʻini chiqarib tashlashiga akademiya umid bogʻladi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 31 maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-171 qaroriga muvofiq Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga Fanlar akademiyasi bilan birgalikda “Akademik F. Rusanov nomidagi Botanika bogʻi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy salohiyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hududlarda ularning tajribasini qoʻllash va filiallarini tashkil etish” boʻyicha Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi va idoralararo kelishuvga joylashtirildi. Mazkur qarorni qabul qilinishi Botanika bogʻining imkoniyatlaridan keng foydalangan holda respublikada bioxilma-xillik sohasini ilmiy jihatdan oʻrganish tizimi takomillashtiriladi va Botanika bogʻini boshqa vazirlik va idoralarga oʻtkazish imkoniyatini cheklaydi" deyiladi Fanlar akademiyasi bayonotida.

Avvalroq, Davaktiv tomonidan OʻzA va "Sharq" binolari auksionga qoʻyilishi maʼlum boʻlgandi. Madaniy meros agentligi mazkur qarorga keskin eʼtiroz bildirib, ushbu binolar maday meros sifatida sotilmasligini bildirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid