platina.uz
Jahon

AQShda milliarderlar orasida tengsizlik kuchaymoqda

Ular barcha 400 ta kompaniyaning 40 foiz aksiyalariga egalik qiladilar.

AQShda milliarderlar orasida tengsizlik kuchaymoqda

Amerikalik milliarderlar orasida boylik boʻyicha tengsizlik kuchaymoqda. Forbes 400ning taʼkidlashicha, mamlakatning eng boy odamlari bu yilda umumiy boyliklarini 500 milliard dollarga oshirdi.

Ammo bu daromadning katta qismi - umumiy qiymatning taxminan 310 milliard dollari bor-yoʻgʻi 20 kishiga toʻgʻri keldi.

Umuman olganda, 20 ta eng yirik milliarder har qachongidan ham koʻproq boyib, ularning umumiy boyligi qariyb 1,9 trillion dollarga yetgan. Bu 20 kishi bir yil oldingiga nisbatan oʻrtacha 30 foizga boyroq, bu roʻyxat boʻyicha oʻrtacha 12 foizlik umumiy oʻsishidan ancha yuqori.

Ular barcha 400 ta kompaniyaning 40 foiz aksiyalariga egalik qiladilar.

Oʻz biznesini sunʼiy intellekt asosida tashkil qilganlar daromadi ham keskin ortdi. Jumladan, Larri Elison 57 mlrd. daromad topgan, Google mutasaddilari Larri Peyj va Sergey Brinlarning daromadi 27 foizga oshgan.

"Kuchli yigirmatalik" roʻyxatning boshidan Ilon Mask joy egallagan. Ukraina atrofidagi ziddiyatli bayonotlari, Mark Sukerberg bilan dahanaki janglarga qaramasdan, u 215 mlrd. dollar bilan jahonning eng boy kishisi boʻlib qolmoqda.

Ikkinch oʻrinda Jeff Bezos (161 mlrd dollar), uchinchi pogʻonani esa Larri Elison (158 mlrd dollar) egallagan. Kuchli toʻrtlikni Uorren Baffet yakunlagan (121 milliard dollar).

Yigirmatalikni Jaklin va Jon Marslar yakunlab berdi (38,9 mlrd dollardan).

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid