Oʻzbekiston Qirgʻiziston bilan elektr energiya tranziti boʻyicha kelishuv imzoladi
Energetika vaziri mintaqa davlatlari elektr taqchilligidan aziyat chekayotganini taʼkidladi.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston elektr energiyasi tranziti boʻyicha kelishuv imzoladi. Bu haqda qirgʻiz parlamentida chiqish qilgan energetika vaziri Talaybek Ibrayev maʼlum qilgan.
Qirgʻiziston shuningdek, Turkmaniston, Rossiya, Qozogʻistondan elektr energiyasi importi boʻyicha kelishuvlarga erishgan.
Qirgʻiziston Qozogʻiston bilan kelasi yil uchun elektr energiyasini import qilish boʻyicha kelishuvga ega. Endi xuddi shunday shartnomalar Rossiya va Turkmaniston bilan ham imzolanadi.
Nafaqat Qirgʻiziston, balki qoʻshni davlatlar ham elektr taqchilligi bilan bogʻliq muammolarga duch kelmoqda, deya taʼkidlaydi Qirgʻiziston energetika vaziri.
Avvalroq, Qozogʻiston tomoni Oʻzbekistonga eksport qilinishi kerak boʻlgan rus gazi nega kechikayotgani boʻyicha maʼlumot bergandi.