Sanoatqurilishbankka yangi rahbar tayinlandi
Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.

Akbarjonov Aziz Akbarjon oʻgʻli Sanoatqurilishbank rahbari etib tayinlangan. Bu haqda Platina.uz manbasi xabar berdi.
U bungacha mazkur bank raisining birinchi oʻrinbosari edi.
Eslatib oʻtamiz, bankning avvalgi raisi Saxi Annaklichev Qishloqqurilishbank oʻrnida yangi tashkil etilgan Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlangandi. Bankning avvalgi raisi Alisher Muratov raisning birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan.