platina.uz
Iqtisod

Ipoteka boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Ipoteka boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi

Ipoteka krediti boʻyicha subsidiya berish yana boshlandi. Subsidiya olishga 18 yoshga toʻlgan fuqarolar murojaat qilishlari mumkin.

Subsidiya daromadi yuqori boʻlmagan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj oilalarga ijtimoiy mezonlar asosida beriladi.

Hujjatga koʻra,

- qishloqlarda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 6,9 baravarigacha (5 mln 671 ming 800 soʻmgacha);

- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar shaharlarida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 8 baravarigacha (6 mln 576 ming soʻmgacha);

- Toshkent shahrida belgilangan MHTEKMning 3 baravaridan (2 mln 466 ming soʻm) 9,2 baravarigacha (7 mln 562 ming 400 soʻmgacha) boʻlgan oilalar yuqori daromadga ega emas, deya eʼtirof etiladi.

Subsidiya uchun ariza yuborish tartibi

Fuqarolar ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olish uchun my.gov.uz portali orqali elektron tarzda ariza yuborishlari mumkin.

Murojaatchi my.gov.uz portalining “Mening arizalarim” boʻlimiga kelib tushgan ijobiy xabarnomadan soʻng javobda koʻrsatilgan uy-joyning yuqori qiymatidan oshmagan qiymatdagi uy-joyni ipoteka krediti orqali sotib olish yuzasidan qurilish (pudrat)tashkiloti bilan shartnoma tuzadi.

Subsidiyalar bir oilaga (oila aʼzolarining bittasiga) faqat 1 marta beriladi.

Avvalroq Toshkent shahar hokimi ayrim fuqarolarning dastlabki badal pullarini qoplash va subsidiya ajratib berish uchun jami 74,2 mlrd. soʻm ajratgani maʼlum boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid