platina.uz
Jahon

Iroqdagi toʻyda fojia: yuz kishi qurbon boʻldi

Bundan tashqari, 150 nafardan oshiq kishi jarohatlangan. 

Iroqdagi toʻyda fojia: yuz kishi qurbon boʻldi

Iroq shimolida joylashgan Nineva provinsiyasidagi toʻyxonada sodir boʻlgan yongʻin oqibatida 100 kishi halok boʻldi, 150 dan ortiq kishi jarohatlandi.

Bu haqda INA agentligi hudud sogʻliqni saqlash boshqarmasiga asolanib xabar berdi.

“Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, Al Hamdaniya shahridagi toʻyxonada yuz bergan yongʻin oqibatida yuz kishi halok boʻlgan va 150 dan ortiq jarohatlangan”, — deyiladi xabarda.

Taxminlarga koʻra, yongʻinga pirotexnika sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.

Bungacha OAV 9 kishi halok boʻlgani va 25 kishi yaralangani haqida xabar bergandi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qorabogʻda yoqilgʻi tashuvchi yuk mashinasi portlashi oqibatida oʻnlab odamlar halok boʻlgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid