platina.uz
Jamiyat

IIV xalqaro qidiruvdagi Nodir Yunusov haqida maʼlumot berishni istamayapti

Ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish maqsadida muxbirimiz Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov bilan bogʻlandi.

IIV xalqaro qidiruvdagi Nodir Yunusov haqida maʼlumot berishni istamayapti

“Antistrumin” dorisini ishlab chiqargan “SAMO” MChJ korxonasi rahbari Nodir Yunusov AQSh bojxona va immigratsiya nazorati xizmati tomonidan qidiruvga berilgani, odam savdosi va firibgarlikda ayblangani haqida xabar bergandik.

Ushbu maʼlumotga oydinlik kiritish maqsadida muxbirimiz Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov bilan bogʻlanganida Interpolga rasmiy soʻrov yuborish kerakligini bildirdi.

Platina.uz sayti Nodir Yunusovga oid xabarga aniqlik kiritish maqsadida 26 sentabr kuni "Interpol"ning Oʻzbekistondagi Milliy markaziy byurosi boshligʻi, general-mayor Sh.Sobirovga rasmiy xat bilan soʻrov yubordi.

Soʻrovimizga bir kunda javob oldik. Lekin Interpoldan emas. 27 sentabr kuni Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Sh.Gʻiyosov imzosi bilan kelgan javobda maʼlumotlarni "Interpol va ichki ishlar organlarining rasmiy manbalari orqali olish mumkinligi" aytilgan.

Ommaviy axborot vositasiga nisbatan "onangga bor, otangga bor" qabilidagi bu munosabatning Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi imzosi bilan bildirilishini tizimda ochiqlik va shaffoflikka darz ketganiga ishora deb qabul qilamiz.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid