Qirgʻiziston un va don eksportiga vaqtincha taqiq qoʻydi
Avvalroq Qirgʻiziston xorijga rekord miqdorda un eksport qilgani maʼlum boʻlgandi.

Qirgʻizistonda un va gʻalla eksportiga vaqtinchalik taqiq joriy etildi. Bu haqda mamlakat Qishloq xoʻjaligi vazirligi qarorida maʼlum qilingan.
Qayd etilishicha, bunday qaror oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.
Endi Qirgʻizistondan bugʻdoy uni va donni olti oyga eksport qilish taqiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Qirgʻiziston xorijga rekord miqdorda un eksport qilgani, asosiy importchi Oʻzbekiston boʻlgani xabar qilingandi.
Bu taqiq Oʻzbekistondagi un narxlariga qanchalik taʼsir koʻrsatishi hozircha maʼlum emas.
Shuningdek, qirgʻizistonlik deputat mamlakatdagi un narxi oshishida Oʻzbekistonni sabab qilib koʻrsatgandi.