Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik tashqi hamkori boʻlib qolmoqda
2023 yilning yanvar-avgust oylaridagi statistika eʼlon qilindi.

Xitoy 8,3 mlrd dollarlik natija bilan soʻnggi yetti oyda Oʻzbekistonning eng yirik tashqi hamkoriga aylandi. Ikkinchi oʻrindagi Rossiyada 6,2 mlrd dollarlik koʻrsatkich qayd etilgan.
Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning yanvar-avgust oylarida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega boʻlgan hamkor davlatlar maʼlum qilindi. (AQSh dollarida):
— Xitoy – 8,3 mlrd
— Rossiya – 6,2 mlrd
— Qozogʻiston – 2,9 mlrd
— Turkiya – 2,1 mlrd
— Koreya – 1,5 mlrd
— Germaniya – 708 mln
— Qirgʻiz R. – 679 mln
— Fransiya – 582 mln
— Afgʻoniston – 544 mln
— Turkmaniston – 517 mln.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonga eng koʻp investitsiya kiritayotgan davlat ham Xitoy boʻlib qolmoqda.