platina.uz
Iqtisod

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga rekord miqdorda un eksport qildi

Avvalroq, qirgʻizistonlik deputat un tanqisligiga Oʻzbekistonni sabab qilib koʻrsatgandi. 

Qirgʻiziston Oʻzbekistonga rekord miqdorda un eksport qildi

Qirgʻiziston joriy yilning 7 oyida 1,5 ming tonna un eksport qildi, deb xabar bermoqda Qirgʻiziston Milliy statistika qoʻmitasi. Qolaversa, eksportning hammasi Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan. Bu avvalgi davrlarga qaraganda ancha koʻp miqdor sanaladi.

Shu bilan birga, un importi shu davrda 3,3 ming tonnaga qisqarib, 16,2 ming tonnani tashkil etdi.

Ayni damda Qirgʻizistonda un narxi keskin koʻtarilib, tanqislik muammosi yuzaga kelgan.

Ayrim rasmiylarga koʻra, bunga qoʻshni Oʻzbekistonga mahsulotlarning nazoratsiz yetkazib berilishi sabab boʻlmoqda.

Shu bois Monopoliyaga qarshi davlat qoʻmitasi hukumatga un eksportiga vaqtinchalik cheklov joriy etishni taklif qildi.

Qirgʻiziston hukumatining aniqlik kiritishicha, narxlarning oshishiga faqat Qozogʻistondan olib kelingan un taʼsir koʻrsatgan, chunki temir yoʻllardagi tirbandlik tufayli yetkazib berish toʻxtatilgan.

Avvalroq qirgʻizistonlik deputat Jusupbek Korgonbay oʻgʻli mamlakatda un narxi mahsulot Oʻzbekistonga eksport qilinayotgani tufayli koʻtarilayotganini aytgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid