Soʻm yil boshidan beri 8,2 foizga qadrsizlandi
Mamlakatda keng maʼnodagi pul massasi 205,6 trln soʻmga yetdi.

Oʻzbek soʻmi yil boshidan beri 8,2 foizga qadrsizlangan. Bu haqda Markaziy bank eʼlon qilgan hisobotda maʼlum qilingan.
Mamlakatda keng maʼnodagi pul massasi 205,6 trln soʻmga yetdi. Yil boshidan beri 8,7 foizlik oʻsish qayd etilgan. Bu davrda oʻzbek soʻmi 8,2 foizga qadrsizlangan.
Avgust oyida muomaladagi naqd pullar yana oʻsishni boshlagan — oy davomida 2,2 trln soʻmga va umumiy 48,8 trln soʻm. Rossiya va Ukraina oʻrtasida urush boshlangandan beri Oʻzbekistondagi naqd pullar 88,4 foizga koʻpaygan.
Oy davomida pul agregatlarining barcha tarkibiy qismlarida oʻsish kuzatildi. Jumladan, soʻmdagi talab qilib olunguncha depozitlar 4,1 trln soʻmga koʻpayib, 43,9 trln soʻmga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, joriy vaqt ichida dollar kursi ham soʻmga nisbatan sezilarli miqdorda mustahkamlandi. Masalan, birgina 10 avgust kuni bir vaqtning oʻzida dollar soʻmga nisbatan 400 soʻmgacha qimmatladi.
Milliy va chet el valyutasidagi boshqa depozitlar ham oʻsishda davom etmoqda.