Asosiy eʼtibor AES qurilishiga qaratiladi — Aripov va Mishustin uchrashuvidan
Ikki davlat bosh vazirlari Moskvada uchrashuv oʻtkazdi.

Moskva shahrida Oʻzbekiston va Rossiya bosh vazirlari oʻrtasida uchrashuv oʻtkazildi, unda qator masalalar, jumladan, AES qurilishi muhokama qilindi.
“Biz energetikani Rossiya va Oʻzbekiston hamkorligining eng istiqbolli yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz”, degan Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuvda.
Mishustinning soʻzlariga koʻra, bu nafaqat konlarni oʻzlashtirish, balki respublikada gazni qayta ishlash majmuasi, "Rossiya texnologiyalaridan foydalangan holda atom elektr stansiyasini" qurish loyihalarini oʻz ichiga oladi.
Elektr stansiyasi Oʻzbekistonning elektrga boʻlgan ehtiyojini qondirish, minglab yangi ish oʻrinlarini yaratish va Oʻzbekistonning sanoat salohiyatini ochishga yordam beradi”, dedi Mishustin.
Bundan tashqari, rossiyalik investorlar Oʻzbekiston aeroportlarini modernizatsiya qilish, “Shimol-Janub” xalqaro transport koridorini rivojlantirish, “Afgʻoniston va Janubiy Osiyoga choʻziladigan” logistika yoʻnalishlarini rivojlantirishda ishtirok etishga tayyor. "Shimol-Janub loyihasi yuk oqimi boʻyicha Suvaysh kanali bilan raqobatlasha oladi", — dedi Mishustin. Shuningdek, u Rossiya Federatsiyasi koʻmagida rus tilida oʻqitiladigan bir qancha maktablar qurishni taklif qildi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya koʻmagida Oʻzbekistonda AES qurish tashabbusi 2018 yilda boshlangandi. U Jizzax viloyatida qurilishi belgilangan. Loyiha 2028 yilda ishga tushirilishi moʻljallangan.
Shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya eksport qilinadigan gaz hajmini koʻpaytirmoqchi boʻlgani ham xabar qilingandi.