platina.uz
Jamiyat

Sirdaryoda koʻprik oʻpirilib tushdi

Avgust oyida Toshkentda xalqaro aeroportga olib boruvchi yoʻl oʻtkazgichi qulab tushgandi. 

Sirdaryoda koʻprik oʻpirilib tushdi

Oqoltin tumanidan oʻtuvchi avtomobil yoʻlida joylashgan zovur koʻprigining "Toshkent-Jizzax" yoʻnalishidagi qismida oraliq qurilma balkalarining 5 tasida yoriq vujudga kelib, choʻkish hosil boʻlgan.

Shu munosabat bilan "Toshkent-Termiz" yoʻnalishidagi barcha avtotransport vositalari harakati vaqtincha cheklandi, deya xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi. Ushbu yoʻnalishdagi avtomobillar harakati boshqa yoʻnalishlarga koʻchirilgan.

Barcha yoʻnalishlarda YPX postlari tashkil qilinib, harakat xavfsizligini toʻliq taʼminlash choralari koʻrilgan.

Ayni vaqtda mazkur koʻprikda taʼmirlash-tiklash ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning avgust oyida Toshkentda xalqaro aeroportga olib boruvchi yoʻl oʻtkazgichi qulab tushgan va uch mansabdor qoʻlga olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid