Sherali Joʻrayev soʻnggi manzilga kuzatildi
Janozani Oʻzbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov ado etdi.

Bugun Toshkentdagi Koʻkcha masjidida marhum xalq artisti Sherali Joʻrayevning janoza marosimi boʻlib oʻtdi.
Janozani Oʻzbekiston muftiysi Nuriddin Xoliqnazarov ado etdi. Yigʻilganlar marhumning haqiga duo qildilar.
Sherali Joʻrayev kecha 77 yoshida olamdan oʻtgan edi. Shavkat Mirziyoyev ham uning yaqinlariga hamdardlik bildirgan edi.