Moskvadagi beqarorlik davom etmoqda: soʻnggi xabarlar
Hozirda Moskvaning janubiy qismida, xususan, Vnukovo va Domodedovo aeroportlarining havo hududida birorta ham samolyot yoʻq.

1 sentabr kuni ertalab Moskvaning Vnukovo, Domodedovo va Sheremetevo ayeroportlarida kamida 61 reys kechiktirildi, 23 tasi bekor qilindi. Bu haqda "Yandeks.Raspisaniya" xizmati maʼlumotlariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Moskva vaqti bilan soat 7.28 holatiga koʻra, Vnukovoda 21 ta reys kechiktirilgan va oltitasi bekor qilingan, Domodedovoda bu raqam mos ravishda 32 va 14tan tashkil etadi, Sheremetevoda sakkiztasi kechikkan va uchta reys bekor qilingan.
Flightradar24 resursiga koʻra, hozirda Moskvaning janubiy qismida, xususan, Vnukovo va Domodedovo aeroportlarining havo hududida birorta ham samolyot yoʻq.
Moskva meri Sergey Sobyanin havo hujumidan mudofaa kuchlari poytaxtga yaqinlashayotgan uchuvchisiz apparatni yoʻq qilganini aytdi.
Rossiya Mudofaa vazirligi tegishli maʼlumotni tasdiqladi.
Eslatib oʻtamiz, 31 avgust kuni ham Moskva aeroportlarida beqaror vaziyat yuzaga kelib, koʻplab reyslar bekor qilingandi. Samolyotlar (ular ichida Oʻzbekistonniki ham bor) boshqa aeroportlarga yoʻnaltirilgan.




