Maktab direktoriga himoya orderi berildi
Uni kaltaklashda ayblangan gumondor shu kunning oʻzidayoq qoʻlga olingandi.

Bugun Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan direktor Umida Tursunovaga himoya orderi berildi va uning davolanishi hamda sogʻligini tiklashi uchun zarur sharoitlarni yaratish maqsadida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Surxondaryo filialiga yotqizildi.
Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan qamoqqa olish tartibidagi ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Xozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 31 avgust kuni Sariosiyo tumanidagi maktab direktori Umida Tursunova kaltaklangani maʼlum boʻlgandi. Uni kaltaklashda ayblangan gumondor shu kunning oʻzidayoq qoʻlga olingan.
Umida Tursunova Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov bilan majlisda tortishib, jamoatchilik eʼtiboriga tushgandi.