Isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar qimmatladi
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,8 foizga oʻsgan.
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023 yilning avgust oyida isteʼmol sektoridagi tovarlar va xizmatlar oʻrtacha 0,5 foizga oshgan.
2023 yilning avgust oyidagi istemol narxlari indeksi tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 0,6 foizga, nooziq-ovqat tovarlari 0,4 foizga va aholiga pullik xizmatlar koʻrsatish narxlari oʻrtacha 0,7 foizga oshgani kuzatilgan.
Isteʼmol sektoridagi narxlarning yillik oʻsish darajasi 9,0 foizga yetdi.
Yil boshidan buyon isteʼmol sektoridagi narxlar indeksi oʻrtacha 3,8 foizga oʻsgan.
Avvalroq oʻtkazilgan soʻrovnomada oʻzbekistonliklar oʻzlarining oʻtgan yildagi moddiy ahvoli va moliyaviy holatini baholay turib, fuqarolarning aksariyati – 66,1foizi yaxshilanishlarni qayd etgandi.