Baliqchi tumanidagi katta bozor yonib ketdi
Ayni daqiqalarda FVBning oʻt oʻchiruvchi texnikalari va guruhlari hodisa joyiga yetib borgan.
Jamiyat
25-avgust 2023 yil

Andijon viloyati, Baliqchi tumanidagi bozorda yirik yongʻin yuz berdi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatiga koʻra, sodir boʻlgan yongʻinni oʻchirish harakatlari olib borilmoqda.
Ayni daqiqalarda FVBning oʻt oʻchiruvchi texnikalari va guruhlari hodisa joyiga yetib borgan.
Soʻnggi xabarlarga koʻra, yongʻin toʻliq oʻchirildi. Kuygan yoki boshqa turda jarohat olgan va qurbonlar yoʻq. Hozirda zararlarni aniqlash va hodisa oqibatida yuzaga kelgan holatlarni bartaraf etish ishlari boshlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Namangan, Xiva, Qoʻqon va Buxorodagi bozorlarda ham yirik yongʻinlar kuzatilgandi.