Sirdaryoda uchta loyiha uchun milliardlar sarflanadi
Shuningdek, yana bir farmoyish bilan ushbu tumanga 500 million soʻm ajratildi.

Sirdaryo viloyati hokimi Akmal Mahmudaliyev Boyovut tumani, Tinchlik MFY hududini obod qilish, koʻkalamzorlashtirish va boshqa xarajatlar uchun bir milliard soʻm ajratdi.
Shuningdek, yana bir farmoyish bilan ushbu tumanga 500 million soʻm ajratildi. Bu pul tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholiga qulay yashash sharoitlarini yaratishga sarflanishi maʼlum qilingan. Mablagʻ viloyat mahalliy byudjetining erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan olinadi.
Shuningdek, viloyatda xususiy sheriklik asosida isitish tizimiga oʻtayotgan ijtimoiy soha tizimini modernizatsiya qilish bogʻliq loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish xarajatlariga bir milliard soʻm ajratiladi.
Avvalroq Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyati maʼmuriy-harbiy sektorining "Yoʻl xaritasi"ga kiritilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ikki milliard soʻm mablagʻ ajratgandi.




