Oʻzbekiston tomonidan Ukrainaga yordam joʻnatildi
Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan.

Nodavlat notijorat tashkilotlari va Oʻzbekiston biznes tuzilmalari Ukrainaga 10,5 tonna gumanitar yordam joʻnatgani maʼlum boʻldi. Bu haqida Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchisi Nikolay Doroshenko maʼlum qildi.
Gumanitar yordam Lvov viloyatining Drogobitskiy tumani maʼmuriyati, Ijtimoiy siyosat boʻlimi va Lvov viloyati maxsus tibbiy yordam boʻyicha kengashiga topshirilgan.
Ukrainaga jami 785 844 grivnaga (taxminan 21 282 dollar) qishki poyabzal , sport, bolalar va ayollar kiyimlari yuborilgan. Shuningdek, umumiy qiymati 157 771 grivna (taxminan 4 273 dollar) boʻlgan tibbiy shpritslar, tibbiy paxta va infuzion tizimlar joʻnatilgan.
Avvalroq 45 nafar ukrainalik bolalar dam olish maqsadida Oʻzbekistonga olib kelingandi.