Buxoro viloyati hokimi byudjetdan ikki milliard ajratdi
Qorakoʻl va Romitan tumanlaridagi harbiy vzvodlarning maʼmuriy binolarini qurish uchun 500 million soʻmdan beriladi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov viloyati maʼmuriy-harbiy sektorining "Yoʻl xaritasi"ga kiritilgan tadbirlarni moliyalashtirish uchun ikki milliard soʻm mablagʻ ajratdi.
Bu haqda hokimning farmoyishi eʼlon qilindi.
Jumladan, Kogon tumanida joylashgan harbiy-dala mashq maydonini asfaltlashtirish va shagʻallashtirish uchun bir milliard soʻm ajratiladi.
Shuningdek, Qorakoʻl va Romitan tumanlaridagi harbiy vzvodlarning maʼmuriy binolarini qurish uchun 500 million soʻmdan beriladi.
Avvalroq Toshkent shahar hokimi ayrim fuqarolarning dastlabki badal pullarini qoplash va subsidiya ajratib berish uchun jami 74,2 mlrd. soʻm ajratgandi.




