Zaharli doridan 150 ming flakon olib kirilgan
Bugungi sud majlisi ushbu firmaning bir xodimi sogʻligi yomonlashgani uchun vaqtli tugadi.

"Quramaks" firmasi hisobchisi Elyor Mirzaahmedovning aytishicha, "Dok-1 maks" dorisi roʻyxatdan oʻtkazilgach, 150 ming flakonda Oʻzbekistonga olib kirilgan.
Bugungi sud majlisi ushbu firmaning bir xodimi sogʻligi yomonlashgani uchun vaqtli tugadi. Sud majlisi 23 avgust kuni davom etadi. Unda Farmatsevtika qoʻmitasi masʼullari soʻroq qilinadi.
Avvalroq yoʻtal siropidan halok boʻlgan bolalar soni aslida 65 tadan ham koʻproq ekani haqida xabar berilgandi.
Kecha hind tadbirkori dorilarni tekshirmasdan roʻyxatdan oʻtkazish uchun oʻzbek amaldoriga 33 ming dollar pora berganini tan olgan edi.