Prezident administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi
Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov lavozimidan ozod etilgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Prezident Administratsiyasi rahbari lavozimi tugatildi hamda Administratsiyaning tuzilmasiga bir qator oʻzgartirishlar kiritildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan:
Sunatulla Xusanovich Bekenov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining yordamchisi lavozimidan;
Furqat Jalolovich Raximov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati tahliliy materiallarni tayyorlash va Administratsiya boʻlinmalari faoliyatini muvofiqlashtirish shoʻʼbasi mudiri lavozimidan ozod etildi.
Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Sardor Umurzoqov lavozimidan ozod etilgandi.