platina.uz
Iqtisod

Sirdaryoda post-patrul tashkil etiladi va bunga byudjetdan yarim milliard ajratiladi

Post-patrullar jinoyatchilik dinamikasi yuqori boʻlgan hududlarda tashkil qilinadi. 

Sirdaryoda post-patrul tashkil etiladi va bunga byudjetdan yarim milliard ajratiladi

Sirdaryoda jinoyatchilikka qarshi post-patrullar tashkil etiladi va buning uchun viloyat mahalliy byudjetining erkin mablagʻlari qoldigʻidan 525,0 million soʻm mablagʻ ajratiladi. Bu haqda viloyat hokimi farmoyishida maʼlum qilingan.

Farmoyishda aytilishicha, post-patrullar jinoyatchilik dinamikasi yuqori boʻlgan hududlarda tashkil qilinadi.

Hujjatning ijro nazorati Sirdaryo viloyati hokimi birinchi oʻrinbosari R. Boboyev zimmasiga yuklatilgan.

Avvalroq Navoiyda "Prezident farmonlari va hukumat qarorlarini bajarish, infratuzilma obʼektlarini qurish va aholi turmush darajasini oshirish maqsadida" mahalliy byudjetdan 51,4 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilishi maʼlum boʻlgandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid