Yongʻinlarga qarshi hukumat jiddiy kurash boshladi

Qarorda aytilishicha, 2022 yilning oʻzidayoq jami  10 260 ta yongʻin roʻy berib,284 kishi jabrlangan.

Jamiyat
5-avgust 2023 yil
Yongʻinlarga qarshi hukumat jiddiy kurash boshladi

Vazirlar Mahkamasining "Yongʻinlar profilaktikasi samaradorligi oshirish va yongʻin xavfsizligi sohasida davlat nazoratini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida" qarori eʼlon qilindi, unda yongʻinlarga qarshi jiddiy choralar koʻrilishi belgilandi.

Qarorda aytilishicha, 2022 yilning oʻzidayoq 10 260 ta yongʻin roʻy berib,284 kishi jabrlangan, 107 kishi vafot etgan, jismoniy va yuridik shaxslarga 214,6 mlrd. soʻmlik zarar yetkazilgan. 

Xususan, Qoʻqon, Xiva va Buxoro bozorlari, Fargʻona shahridagi karaoke klubda roʻy bergan yongʻinlar talofatli boʻldi. Ayniqsa Fargʻona shahridagi yongʻin Hukumat komissiyasi tomonidan oʻrganilganda, inshootda bu hodisaga qarshi yetarli choralar koʻrmagani maʼlum boʻldi. Shu sababdan:

— subʼektlarning yongʻindan ogohligini oshirish, yongʻin qarshi choralar koʻrilganlikni ragʻbatlantirish;

— yongʻin xavfsizligi talablarini kuchaytirish. uni buzgan shaxslarga jazo muqarrarligini taʼminlash;

— davlat yongʻin nazorati sohasiga zamonaviy texnologiyalarni olib kelish evaziga noxush hodisalarning oldini olish yongʻin xavfsizligi sohasidagi davlat nazoratining asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi. 

FVV, viloyatlar, Qoraqalpogʻiston va Toshkent shahar hokimliklari oʻzaro hamkorlikda 2023 yil 1 sentabrdan "Yongʻindan ogohlik" umummilliy kampaniyasini boshlaydi. 2024 yildan boshlab kampaniya doirasida subʼektlar oʻrtasida "Yongʻin xavfsiziligi aʼlochisi" tanlovi tashkil etiladi va tanlov gʻolibiga 100 million soʻm bir martalik yordam puli beriladi va ikki yil mobaynida yongʻin xavfsiligi idoralari tomonidan faoliyati tekshirilmaydi. 

2023 yil 1 noyabrdan yongʻin xavfsizligi tashkilotlarining ijobiy xulosalari olmasdan turib, yer, bino va inshootlar sotuv va auksionlarga chiqarilmaydi. 

Shuningdek, sohada davlat nazoratini takomillashtirish maqsadida "yoʻl xaritasi" tasdiqlandi. 

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi oylarda Oʻzbekiston boʻylab bir qator talofatli yongʻinlar kuzatildi. Jumladan, Qoʻqon, Buxoro, Xiva, Chortoq bozorlarida yongʻinlar kuzatildi. Fargʻona shahridagi klubdagi yongʻinda esa olti kishi halok boʻldi, yetti kishi jabrlandi

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+