platina.uz
Jamiyat

Buxoro ayrim hududlarida suv narxi oshadi

Eʼtiborli tomoni, ushbu qarorlar eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan.

Buxoro ayrim hududlarida suv narxi oshadi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi qarori bilan ayrim hududlarda ichimlik suvi narxi oshadi.

Jumladan, "Oʻztransgaz" AJ Gazli magistral quvurlari koʻrsatiladigan ichimlik suvi xizmatlari narxlari oʻzgartiriladi. Bir metr kub suv narxi Gazli shaharchasidagi aholiga sotish uchun 1000 soʻm.

Shaharchadagi byudjet tashkilotlari va ulgurji savdo muassasalar uchun narx bir metr kub uchun 4050 soʻm etib belgilangan.

Shuningdek, ushbu hududda oqova suvlari narxi 585 soʻmga oshadi, ulgurji va byudjet tashkilotlari uchun narx 1400 soʻmga yetgan.

Yana bir qaror bilan "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ tomonidan taqdim etiladigan ichimlik suvi narxlari oshgan, jumladan:

— neftchilar shaharchasidagi aholi uchun 800 soʻm; (bir metr kub narxi)

— "Buxoro suv taʼminoti" MChJ Qorovulbozor filiali uchun 1000 soʻm;

— "Buxoro neftni qayta ishlash zavodi" MChJ va byudjet va ulgurji tashkilotlar uchun 3800 soʻm;

"Muborakneftgaz - suvtaʼminot" MChJga sotish uchun 1400 soʻmni tashkil etadi.

Eʼtiborli tomoni, ushbu qarorlar eʼlon qilingan kundan kuchga kirishi belgilangan. Lekin Vazirlar mahkamasi qarori bilan barcha turdagi kommunal toʻlovlar uchun yangi narxlar eʼlon qilinsa, kamida 15 kun oldin ommaviy axborot vositalari orqali xalqqa bildirilishi kerak.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida ham suv narxi oshirilgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid