Zoyir Mirzayev byudjetdan 7 mlrd. soʻm ajratdi
Avvalroq viloyat kengashi qarori bilan ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilgandi.

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tasdiqlagan qarorga asosan byudjetdan qoʻshimcha ravishda 7 mlrd. soʻm turli tadbirlar uchun ajratiladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi qarorida aytiladi.
Qaror mahalliy byudjetning qoʻshimcha mablagʻlaridan foydalanish chora-tadbirlariga bagʻishlanadi.
Jumladan, shahar va tumanlarida "Keksalar maslahati" guruhi rahbarlarini ragʻbatlantirish uchun 2029,5 million soʻm mablagʻ ajratiladi.
Shuningdek, Toshkent viloyati yoʻl infratuzilmasini bosh rejasini ishlab chiqish 3,6 mlrd. soʻm ajratilishi belgilangan.
Obodonlashtirish xodimlari uchun ish qurollariga 800 million soʻm mablagʻ sarflanishi koʻzda tutilgan. Jami maqsadlar uchun sarflanayotgan pullar 7 mlrd. soʻmdan oshadi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq viloyat kengashi qarori bilan ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshishi belgilangandi.