Oʻzbekiston elchixonasi Ukraina TIVga soʻrov yubordi
Eslatib oʻtamiz, mazkur maʼlumotlar yuzasidan Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi ham bayonot bergandi.

Oʻzbekistonning Ukrainadagi elchixonasi ushbu mamlakat Tashqi ishlar vazirligiga soʻrov yubordi. Bu haqda elchixona saytida maʼlumot berildi.
"Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi tomonidan Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiya qoʻshinlari safiga koʻngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani toʻgʻrisida chop etilgan maʼlumot yuzasidan elchixona mazkur davlat Tashqi ishlar vazirligiga tegishli soʻrov yubordi.
Ushbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan boʻlib, Ukraina tomonidan yuqoridagi maʼlumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qilish boʻyicha kerakli barcha chora-tadbirlar koʻriladi" deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, mazkur maʼlumotlar yuzasidan Ukrainaning Oʻzbekistondagi elchixonasi ham bayonot bergandi. Unga koʻra, "Ukrainaga qarshi agressiyada qatnashganlar mamlakat qonunlari asosida jazolanadi". Elchixona Oʻzbekiston fuqarolarini urushda qatnashmaslikka chaqirgan.




