platina.uz
Jahon

Hushini yoʻqotib, shifoxonaga tushgan Isroil bosh vaziri operatsiya qilindi

Netanyaxu ayni damda 73 yoshda boʻlib, 2022 yilda uchinchi bor bosh vazirlik kursisini egallagandi.

Hushini yoʻqotib, shifoxonaga tushgan Isroil bosh vaziri operatsiya qilindi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu yurak jarrohligini boshidan oʻtkazdi, operatsiya davomida unga yurak stimulyatori oʻrnatildi. Bu haqda u oʻzining Tvitter sahifasida maʼlum qildi.

U oʻzini juda yaxshi his qilayotganini va 24 iyul kuni ertalab oʻz hamkasblari, Knesset aʼzolari bilan birgalikda sud-huquq islohoti toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishini taʼkidladi.

“Biz [yangi] qonunni konsensus orqali yuqoriga olib chiqishga harakat qilishda davom etamiz”, — dedi Netanyaxu.

Bungacha Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga yurak stimulyatori oʻrnatish boʻyicha operatsiya muvaffaqiyatli oʻtgani va uning ahvoli yaxshi deya baholangani maʼlum boʻlgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 15 iyul kuni Netanyaxu kutilmaganda uyida yiqilib tushib hushini yoʻqotgan, soʻngra tibbiy markazga yotqizilgandi.

Netanyaxu ayni damda 73 yoshda boʻlib, 2022 yilda uchinchi bor bosh vazirlik kursisini egallagandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid