Erdoʻgʻon Gʻarbga qarshilik qilishni toʻxtatdi
Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi ortidan Shvetsiya va Finlyandiya NATOga kirishga qaror qildi.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Shvetsiyaning NATOga qabul qilinishi haqidagi protokolni ratifikatsiya qilish uchun parlamentga taqdim etishga rozi boʻlganini maʼlum qildi.
Bu haqda u Shvetsiya bosh vaziri Ulf Kristersson bilan uchrashuvda maʼlum qilgan.
“Yevropatlantika hududida jilovlash va mudofaa muhimligini inobatga olgan holda, turk tomoni ratifikatsiyani taʼminlash uchun assambleya bilan yaqindan hamkorlik qiladi”, — deyiladi Stoltenberg bayonotida.
Erdoʻgʻon Shvetsiyaning NATOga kirishini bir yil davomida toʻsib qoʻydi va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi boʻyicha aniq ish qilinmaguncha bu ishga rozi boʻlmasligini maʼlum qilgandi.
Shvetsiyada Qurʼoni karimning yoqilishi kabi mojarolar ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarni yomonlashtirib yuborgandi.
Eslatib oʻtamiz, Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli hujumi ortidan Shvetsiya va Finlyandiya NATOga kirishga qaror qildi.