Sakkiz nafar prezident Shavkat Mirziyoyevga qoʻngʻiroq qildi
Kun davomida shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekiston yetakchisiga qutlov yoʻllagan.

Navbatdan tashqari boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovida gʻalaba qozongan Shavkat Mirziyoyevga tabriklar kelishi davom etmoqda.
Dastlab Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov tabrik yoʻllagan boʻlsa, undan keyin Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Ozarbayjon rahbari Ilhom Aliyev Mirziyoyevni gʻalaba bilan qutlagan. Shuningdek, Turkiya rhahbari Rajab Toyyib Erdoʻgʻon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov, Qozogʻiston rahbari Qosim-Joʻmart Toʻqayev, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev ham tabrik yoʻllagan.
Kun davomida shuningdek, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov Oʻzbekiston yetakchisiga qutlov yoʻllagan.
Yevropa Ittifoqi aʼzo davlatlardan Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Shavkat Mirziyoyevga qoʻngʻiroq qilib, tabrikladi.
Eslatib oʻtamiz, 9 iyul kuni boʻlib oʻtgan saylovlarning dastlabki natijalariga koʻra, Shavkat Mirziyoyev 87.05 foiz ovoz bilan mutlaq gʻalaba qozondi.