platina.uz
Siyosat

Bosh prokuraturaga saylov boʻyicha 250 dan ziyod murojaat kelib tushdi

Bu haqda  Bosh prokuror oʻrinbosari Shohruh Aminov ishtirokida brifingda maʼlum qilindi.

Bosh prokuraturaga saylov boʻyicha 250 dan ziyod murojaat kelib tushdi

Soat 15:00 gacha Bosh prokuraturaga prezident saylovi boʻyicha 250 dan ortiq murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularda asosan saylov qonunchiligiga oid huquqiy tushuntirish soʻralgan.

Bu haqda Bosh prokuror oʻrinbosari Shohruh Aminov ishtirokida brifingda maʼlum qilindi.

Aminovning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga muvofiq, sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan fuqarolar, sodir etgan ogʻir jinoyatlari uchun ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar faqat sud qaroriga muvofiq saylov huquqidan mahrum etilishi mumkin. Aks holda hech qanday cheklovlar qoʻyilishi mumkin emas. Prokuratura idoralari mana shu qoidaga rioya etilishiga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. Buning uchun tegishli ishchi guruhlari tashkil etildi. Ular saylovni tashkil etish va oʻtkazishga oid va fuqarolarning saylov qonunchiligi buzilishi yuzasidan murojaatlarini zudlik bilan koʻrib chiqib, tegishli chora koʻrishga tayyor. Qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda ular tezkor bataraf etiladi.

Hozirgacha saylov jarayoniga jiddiy taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan biror jiddiy holatlar kuzatilmadi.

Huquqbuzarlikka oid xabarlar kelib tushmagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq saylovchilar davomati 33 foizdan oshib, saylov tashkil etilgan deya hisoblanishi maʼlum qilingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid