platina.uz
Jahon

Xitoy rahbari Putinni yadro quroli boʻyicha ogohlantirgan. Kreml izoh berdi

Putin va Si Szinpin bu masalani 2023 yil mart oyida muhokama qilgan. 

Xitoy rahbari Putinni yadro quroli boʻyicha ogohlantirgan. Kreml izoh berdi

Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainada yadro qurolidan foydalanish oqibatlaridan ogohlantirgani xabar qilindi.

Bu haqda Financial Times (FT) ga tayanib, “Kommersant” nashri yozmoqda.

Gazetaning yozishicha, Putin va Si Szinpin bu masalani Xitoy rahbarining 2023 yil mart oyida Moskvaga tashrifi chogʻida muhokama qilgan.

FT manbasining taʼkidlashicha, bu holat Xitoy rahbarining Moskvaga iqtisodiy va savdo koʻmagiga qaramay, Ukraina mojarosidan xavotirda ekanidan dalolat beradi.

Xitoy rasmiylari boshqa davlatlar diplomatlari bilan suhbatda Moskvaning yadroviy tahdidlardan voz kechgani ularning yutugʻi ekanini eʼlon qila boshlagan. Bu Xitoyning Yevropa bilan munosabatlarini tiklash kampaniyasining markaziy qismiga aylandi, deydi xitoylik amaldorlardan biri.

Lekin Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni inkor qilmoqda. "Barcha tafsilotlar OAVga taqdim etib boʻlingan. Qolgan gaplar asosga ega emas", deydi u.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq The Times nashri Putin Zaporoje AESini portlatmoqchi ekanini yozgandi. Agar AESga zarar yetadigan boʻlsa, Sharqiy Yevropa va Kavkaz kuchli radiatsiya ostida qolishi mumkin.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid