platina.uz
Jahon

Ilon Mask dunyoda yana yaqqol yetakchiga aylandi

Iyul oyida Tesla aksiyalari 6,9 foizga oshgan, bu esa tadbirkorga yana 13 milliard dollar olib kelgan.

Ilon Mask dunyoda yana yaqqol yetakchiga aylandi

Amerikalik milliarder Ilon Mask yana dunyoning eng boy odamlari roʻyxatida birinchi oʻrinni egalladi. Bloomberg boylar roʻyxatini taqdim etgan.

Nashrning yozishicha, Tesla va Space X asoschisi yilning birinchi yarmida boyligini qariyb 100 milliard dollarga oshirgan: olti oy ichida uning boyligi 234 milliard dollardan oshib ketdi.

Agentlikning qayd etishicha, iyul oyida Tesla aksiyalari 6,9 foizga oshgan, bu esa tadbirkorga yana 13 milliard dollar olib kelgan.

Ikkinchi oʻrinda LVMH egasi Bernard Arno 200 milliard dollar bilan joylashgan, amerikalik tadbirkor va Amazon asoschisi Jeff Bezos 154 milliard dollar bilan kuchli uchlikni yakunlab turibdi.

Daromad boʻyicha Maskdan keyin Meta Platforms egasi Mark Sukerberg turibdi – iyun oyigacha uning boyligi 58,9 milliard dollarga oʻsgan va hozirda 104 milliard dollarni tashkil etadi. Sukerberg dunyodagi eng boy odamlar orasida toʻqqizinchi oʻrinda turadi.

Eslatib oʻtamiz, avval Mask dunyoning eng boy odami unvonini Bernar Arnoga boy bergandi. Iyunda Bloomberg Maskni jahonning eng boy kishisi deya topgan, ammo Forbes roʻyxatida hanuz Arno yetakchilik qilayotgandi.

Shuningdek, u Tvitter raqobatchisi Mark Sukerbergni Las-Vegasda jang oʻtkazishga chaqirgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid