platina.uz
Iqtisod

Rossiyadan keladigan gaz shartnomasi tafsilotlari ochiqlandi

Gazni import qilishdan asosiy maqsad kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishga qaratilgan.

Rossiyadan keladigan gaz shartnomasi tafsilotlari ochiqlandi

Gaz oldi-sotdisi boʻyicha shartnoma “UzGastrade” AJ va “Gazprom eksport” MChJ oʻrtasida 2 yil muddatga tuzilgan boʻlib, Energetika vazirligi shu boshqa tafsilotlarni qisman ochiqladi.

Gazni import qilishdan asosiy maqsad kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazishga qaratilgan. Shartnoma doirasida joriy yilning 1 oktabridan kuniga 9 million kubometr tabiiy gaz import qilinadi, yillik hajm esa qariyb 2 milliard 800 million kubometrni tashkil etadi.

Aytilishicha, tabiiy gaz narxi mintaqadagi bozor narxlari asosida, shuningdek, respublikadagi amaldagi narxlar hamda bozor tamoyillari asosida shakllantiriladi.

“Yoʻl xaritasi”ga muvofiq, avval tabiiy gaz “Oʻrta Osiyo – Markaz” magistral gaz quvuri orqali Qozogʻistondan tranzit bilan Rossiyaga yuborilgan. Endilikda gazning revers rejimida (teskari oqimda) Oʻzbekistonga yetkazilishini, shuningdek, respublika hududida yangi gaz oʻlchash stansiyasi qurilishini hisobga olgan holda, belgilangan tadbirlarni joriy yilning sentabr oyiga qadar yakunlash rejalashtirilgan.

Jumladan, “yoʻl xaritasi” doirasida gaz-transport tizimidagi 3 ta gaz haydash uskunasi yangilariga almashtiriladi va 11 ta turli rusumdagi gaz haydash uskunasida mukammal taʼmirlash hamda tiklash ishlari bajariladi. 22 kilometrlik yangi magistral gaz quvurlari quriladi va 56 kilometrlik gaz quvurlari taʼmirlanadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid