Toshkentda yana bir pedofil ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda uning voyaga yetmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgani haqidagi videolar tarqalib ketgan.

7 iyun kuni 1968 yilda tugʻilgan X.A. Mirzo Ulugʻbek tumani Mirzo Ulugʻbek koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining yoʻlagida voyaga yetmagan, 2015 yilda tugʻilgan L.S.ga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda uning voyaga yetmaganga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etgani haqidagi videolar tarqalib ketgan. Toshkent shahar IIBB bu haqda rasmiy maʼlumot bermoqda.
Aytilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 119-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumon qilinuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllangan. Tergov davom etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentning Yangihayot tumanida 12 yoshli qizchani avval zoʻrlab, keyin uni boʻgʻib oʻldirgan shaxs umrbod qamoqqa hukm qilingandi.




