Fargʻonada hajga yubormoqchi boʻlgan firibgarlar ushlandi
Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Fargʻona shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma xodimi Margʻilon shahrida yashovchi fuqaro va uning oʻgʻlini 20 ming dollar evaziga Saudiya Arabistoniga haj ziyoratiga yuborishni vaʼda qilib, talab qilingan summadan 10 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tezkor surishtiruv harakatlari davomida, ushbu pul mablagʻini turistik firma rahbarining koʻrsatmasi asosida olgani maʼlum boʻlgan.
Hozir holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ham Fargʻonada aynan mana shunday ikkita holat kuzatilgandi.