MY5 jurnalistiga zoʻrlik qilgan shaxs qamaldi
Bugun ochiq sud majlisida unga oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan.

MY5 telekanali muxbiri N.Teshayevga zoʻrlik qilgan shaxs M.Ya. 5 sutka maʼmuriy qamoqqa hukm qilingan.
Bugun ochiq sud majlisida M.Ya.ga (1993 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan) oid maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish koʻrib chiqilgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudining 2023 yil 5 iyundagi qaroriga koʻra, M.Ya. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi(mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan.
Eslatib oʻtamiz, Mirzo Ulugʻbek tumani Osiyo koʻchasidagi koʻp qavatli uylardan birining oldida M.Ya. jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan jurnalist N.Teshayev bilan ogʻzaki janjallashib, jamoat tartibini buzgan edi. Uning ishi sudga oshirilgandi.