Singapur prezidenti poyezdda Samarqandga bordi
Vokzalda Singapur prezidentini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.

Singapur prezidenti Halima Yoqub Afrisoyob poyezdida Samarqandga yetib bordi. Unga Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari Zulayho Mahkamova hamrohlik qilmoqda.
Vokzalda Singapur prezidentini viloyat hokimi Erkinjon Turdimov kutib oldi.
Bir kun avval Halima Yoqub Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokara oʻtkazgan va ikki davlat biznes-forumining ochilishida ishtirok etgandi.