platina.uz
Jamiyat

Ursang, et qotadi, soʻksang, bet

Madaniyat va turizm vazirligi ayni paytda shunday tusga kirib bormoqda. Ularning davlat byudjetidan ayamay pul sarflashi, rahbariyatining shaxsiy biznes ochib olganlarini qancha tanqid qilmaylik, parvosiga ham olmayapti.

Ursang, et qotadi, soʻksang, bet

Oʻzbeklarda bir maqol bor: ursang, bet qotadi, soʻksang, et. Yaʼni bir odamni hadeb uraversang yoki soʻkaversang, oxiri u odam hech nimaga eʼtibor bermaydigan surbet boʻlib qoladi.

Madaniyat va turizm vazirligi ayni paytda shunday tusga kirib bormoqda. Ularning davlat byudjetidan ayamay pul sarflashi, rahbariyatining shaxsiy biznes ochib olganlarini qancha tanqid qilmaylik, parvosiga ham olmayapti.

Vazirlik "Tabarruk ziyorat" platformasini ishlab chiqish uchun "MADANIY HAYoT MEDIA MARKETING MARKAZI" MChJ bilan 402 mln. soʻmlik toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolagan. Qizigʻi, bu MChJning 51 foiz ulushiga vazirlikning oʻzi egalik qiladi.

Undan ham qizigʻi, bu platformani yaratishning oxirgi muddati 2022 yil 1 oktabr edi. Pul oʻtkazish haqidagi shartnoma esa 2023 yil 15 mayda tuzilgan. Yaʼni prezident qarori bilan belgilangan muddat tugaganiga yarim yildan oshgan.

Shuningdek, vazirlik huzuridagi Xalqaro festivallar direksiyasi Sirdaryoda Xalqaro baxshichilik festivalini gullar bilan bezatish uchun 326 mln. soʻm, mushakbozlik qilish uchun esa 250 mln. soʻm ajratgan.

Bundan tashqari, vazirlikda Milliy pi-ar markazi bor. Bu markaz orqali ham milliardlab pullar aylanayotganini koʻrish mumkin. Masalan, Germaniyadan keluvchi delegatsiyani kutib olish uchun bu markaz 2,1 mlrd. soʻmga buyurtma bergan. Ammo u qanaqa delegatsiya ekani hozircha nomaʼlum.

Vazirlikning oʻzi 100 foiz egasi boʻlgan ushbu markaz Kann kinofestivaliga xodimlarni yuborish uchun 245,5 mln. soʻm ajratgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid