platina.uz
Jamiyat

Qoʻqondagi yotoqxona voqeasi xodimlari sudlandi

Joriy yilning aprel oyida Qoʻqon davlat pedagogika institutining talabalar yotoqxonasidagi holat yuzasidan sud hukmi 5 may kuni chiqarilgan.

Qoʻqondagi yotoqxona voqeasi xodimlari sudlandi

Joriy yilning aprel oyida Qoʻqon davlat pedagogika institutining talabalar yotoqxonasidagi holat yuzasidan sud hukmi 5 may kuni chiqarilgan.

Unga koʻra, Qoʻqon davlat pedagogika institutining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori O.B. MJtKning 46-1-moddasi(shaxsiy hayot daxlsizligini buzish)da koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari, yaʼni, 4 500 000 soʻm jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, institutning taʼlim texnologiyalari markazi xodimlari A.M., B.O. va boʻlim boshligʻi R.M. ham MJtKning 46-1-moddasida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, ularning har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 10 miqdorida yaʼni, 3 000 000 soʻmdan jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, Qoʻqon davlat pedagogika institutining yotoqxonasida talaba qizlar yashaydigan xonaga yashirin videokamera oʻrnatilgani ortidan institutining prorektori va yana 4 nafar masʼul xodim ishdan olingandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid