platina.uz
Jamiyat

Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi oʻrtasida janjal sodir boʻldi

Mazkur holat yuzasidan qurilish firmasining 3 nafar vakiliga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Shuningdek, ularga 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Toshkentda qurilish firmasi vakillari va aholi oʻrtasida janjal sodir boʻldi

Toshkent shahar Yunusobod tumanida qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi oʻrtasida janjal sodir boʻldi. IIBB axborot xizmati holat yuzasidan maʼlumot berdi.

17 may kuni taxminan soat 10:00 larda Yunusobod tumani 8-mavzeda qurilish firmasi vakillari va shu hududda yashovchi aholi oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan. Ushbu hududda qurilish boʻlishiga norozilik bildirgan fuqarolarga qarshi 1991 yilda tugʻilgan F.J., 1992 yilda tugʻilgan S.X., 1993 yilda tugʻilgan X.N.lar baqir-chaqir qilib, jamoat tartibini buzgan.

Mazkur holat yuzasidan F.J., S.X., X.N.larga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgrisidagi kodeksining 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yunusobod tumani sudi tomonidan ularga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Yunusobod tumanida 8-mavze,17, 19 va 20-uylar oraligʻida olib borilayotgan qurilish ishlaridan aholi norozi boʻlgani va poytaxt hokimligi vaziyatni oʻrgangani haqida xabar bergandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid