platina.uz
Jamiyat

Buxoroning 2 hokimi hayfsan oldi

Bunga sabab sifatida tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarda kichik quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarni qoniqarsiz tashkil etgani keltirilgan.

Buxoroning 2 hokimi hayfsan oldi

Buxoro viloyatida Jondor tumani xokimi Hikmatov Sanʼatillo Nusratovich va Kogon tumani xokimi Esanov Muhitdin Turdiyevichga hayfsan jazosi qoʻllanildi.

Bunga sabab sifatida tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarda kichik quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarni qoniqarsiz tashkil etgani keltirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar, aholi xonadonlari va ijtimoiy obʼektlarda kichik quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarishda joylardagi mutasaddilar tomonidan oqsoqlikka yoʻl qoʻyilayotganini tanqid edi.

Shuningdek, elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida ijtimoiy soha va davlat idoralarida quyosh panellari oʻrnatish boʻyicha Samarqand, Jizzax, Buxoro viloyatlari yaxshi natija koʻrsatayotgan boʻlsa, Qoraqalpogʻiston, Toshkent shahri, Toshkent, Navoiy viloyatlari ancha orqada ekanini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid