platina.uz
Jamiyat

Surxondaryoda viloyatning bir qator mansabdorlari jazolandi

Bunga Surxondaryoning hududlarida oʻtkazilgan oʻrganish ishlari jarayonlarida aniq muddat bilan ijrochilarga vazifalar berilgan boʻlishiga qaramay qator topshiriqlar ijrosi bugungi kunga qadar bajarilmagani sabab boʻlgan.

Surxondaryoda viloyatning bir qator mansabdorlari jazolandi

Maʼlum qilinishicha, viloyat hokimining oʻrinbosarlari tomonidan 18 ta, jumladan, qurilish majmuasi tomonidan 9 ta topshiriq ijrosi taʼminlanmagan. Ushbu topshiriqlar tahlil qilinganda “Surxondaryo hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda uning hududiy korxonalari tomonidan 3 ta, “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti 3 ta, “Mintaqaviy yoʻllarga buyurtmachi xizmati” DUK tomonidan 2 ta topshiriq ijrosi bajarilmagan.

Yigʻilish davomida topshiriqlar ijrosi sohalar, yoʻnalishlar va hududlar kesimida tahlil qilindi. Ijro intizomini oʻz holiga tashlab qoʻygan masʼullarga, xususan, viloyat hokimining oʻrinbosarlariga ogohlantirish, qishloq xoʻjaligi majmuasi kotibiyat mudiri, “Surxondaryo HETK” AJ va uning Denov, Muzrabot, Angor, Qiziriq, Jarqoʻrgʻon, Sherobod va Shoʻrchi tumanlari boʻlimlari, “Surxondaryoavtoyoʻl” hududiy yoʻllardan foydalanish tashkiloti, “Surxondaryo suv taʼminoti” MChJ, “Suv taʼminoti va oqova suv tarmoqlari qurilishi boʻyicha” IK Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi, “Yagona buyurtmachi xizmati” IK, “Hududgaztaʼminot” viloyat filiali, “Oʻzneftgazinpeksiya” va “Oʻzenergonazorat” inspeksiyasi viloyat boʻlimlari rahbarlariga, qator hududlarda tuman hokimlarining oʻrinbosarlariga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash topshirigʻi berilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyati hokimi tacdiqlangani haqida xabar bergandik. Shuningdek, Surxondaryoda hokimlar almashinuvi rekord oʻrnatganini maʼlum qilgandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid