platina.uz
Jamiyat

Xorazm viloyatining 4 ta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi

Prezident tashrifidan soʻng Xorazm viloyatida kadrlar almashinuvi roʻy berdi. Urganch, Tuproqqalʼa, Qoʻshkoʻpir va Bogʻot tumaniga yangi hokimlar tayinlandi.
Xorazm viloyatining 4 ta tumaniga yangi hokimlar tasdiqlandi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifidan soʻng viloyatda kadrlar almashishi sodir boʻldi.

Xususan:

Sultanov Gʻayratjon Poʻlatovich Urganch tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Axmedov Shuxrat Kurvondurdiyevich Tuproqqalʼa tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Xorazm viloyati qishloq xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Nazarov Jahongir Baxromovich Bogʻot tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlagan.

Egamov Boburbek Davlatnazarovich Qoʻshkoʻpir tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar u Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK direktori oʻrinbosari vazifasida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryo viloyatining 13 ta tumanida hokimlar almashgani haqida xabar berdik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid