platina.uz
Jamiyat

Endi navbat pomidorgami?

17 martdan 24 martgacha pomidorning ulgurji narxi 28 mingdan 36 minggacha (28,6 foiz) koʻtarildi.
Endi navbat pomidorgami?

Oʻzbekistonda oʻtgan haftada qizil dumaloq pomidorning oʻrtacha ulgurji narxi 29 foizga va oʻtgan yilga nisbatan deyarli 2 baravarga oshdi. Bu haqda EastFruit portali xabar berdi.

Shuningdek, 2023 yilning 17 martidan 24 martigacha Oʻzbekistonda qizil dumaloq issiqxona pomidorining oʻrtacha ulgurji narxi 28 ming soʻmdan 36 ming soʻm/kg ga (2,45 dan 3,16 dollarga), bir hafta ichida 28,6 foizga oshgan. Oxirgi uch oyda ushbu mahsulotlarning jadal oʻsishi hisobga olinsa, yil boshidan 24 martgacha Oʻzbekistonda qizil dumaloq pomidorning ulgurji narxlari 2,4 barobarga oshgan.

24 mart holatiga koʻra, mamlakatlarda qizil dumaloq issiqxona pomidorining oʻrtacha ulgurji narxi quyidagi koʻrsatkichni tashkil etgan (1 kg uchun AQSh dollarida):

  • Oʻzbekiston — $3,16;
  • Polsha — $2,79;
  • Ukraina — $2,60;
  • Tojikiston — $2,29;
  • Moldova — $1,61;
  • Gruziya — $1,16.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda kuzatilgan anomal sovuq sabab piyoz narxi koʻtarilib ketgani haqida maʼlumot bergandik.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid