Milliy dastur va maxsus yil: muhim vazifani bajarishning uddasidan chiqsa boʻladimi?

Dastlab “Energymarket.uz” saytiga kirib olasiz. Ushbu sayt 2 boʻlimdan tashkil topgan boʻlib, siz “Quyosh elektr stansiyalari” paneli orqali oʻzingiz uchun qulay quvvat turini belgilaysiz. Agarda siz uyingiz hajmini yoki bir oy mobaynida sarf qiladigan elektr energiyasi oʻlchovini bilmasangiz, hech ham xavotir olmang. Platformada ehtiyojingizdan kelib chiqib elektr energiyasi uchun oylik yoki yillik toʻlov miqdorini kiritishning oʻzi kifoya. Shunda sizga qanday quvvatdagi quyosh batareyasi zarurligi maʼlum boʻladi.Energetika vazirligi qoshidagi Energiyani tejash jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Obid Ahmedovning soʻzlariga koʻra, quyosh paneli oʻrnatgan fuqarolarning kunlik ehtiyojidan ortgan elektrni davlat 1 000 soʻmdan sotib oladi. Bugungi kunda aholi davlatdan elektr energiyasining 1 kVtini 295 soʻmdan sotib olmoqda. Oʻrtadagi farqni oʻzingiz chamalab olavering.
“Bu ham fuqarolarga qoʻshimcha daromad, anchagina imtiyozlar olib keladi. Bugungi kunda “Energymarket.uz” platformasiga 3 mingdan ziyod ariza kelib tushdi. Joriy yilgi qish mavsumi biroz ogʻir oʻtkani sabab ham bizga murojaat qiluvchilar soni ortmoqda” deydi Energiyani tejash jamgʻarmasi boʻlim boshligʻi Obid Ahmedov.Siz yashab turgan uy egasi, deylik oʻzingiz yoki ota-onangiz, yaʼni turar-joy kadastri kimning nomiga rasmiylashtirgan boʻlsa, aynan oʻsha fuqaro “Yashil energiya” platformasi orqali onlayn ariza qoldirishi lozim. Shundan soʻng mutaxassislar eng kamida 10 ish kunida arizangizni oʻrganib chiqib, raqamingizga qoʻngʻiroq qilib sizga bogʻlanishadi.
Ha, aytgancha, siz xarid qilib oladigan quyosh panellarining dastlabki toʻlovi uchun kompensatsiya ham mavjud.Odatda quyosh tik tushadigan, deylik, uylarning tom yoki hovli qismi yoki shunga oʻxshash joylarga oʻrnatiladigan quyosh panellari belgilangan qoida asosida foydalanilsa, sizga 20 yil va undan ortiq ham xizmat qilib berishi mumkin. Bunga siz xarid qiladigan korxona tomonidan kafolat beriladi.
Quyosh batareyalarini xarid qilish istagida boʻlgan hamyurtlarimiz uchun yana bir eslatma: Siz oʻzingiz yashab turgan hududdagi davlat xizmatlari agentligi, xalq qabulxonalariga murojaat qilishingiz yoki “my.gov.uz” sayti orqali ham onlayn ariza topshirish imkoniyatiga ham egasiz. Bunda siz nafaqat quyosh panellari, balki maxsus suv isitgich qurilmalarini ham arzon narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Bugungi kunda yurtimizda faoliyat yuritayotgan bir qancha banklarning bosh ofislari mutasaddilaridan olingan maʼlumotlarga qaraganda, quyosh panellarini oʻrnatish uchun 60 oyga kam foizlarda 50 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ham berilmoqda.Taʼkidlash joiz, bu quyosh panellari yoz oylari va boshqa quyoshli kunlarda 2 karra koʻproq samara beradi. 2023 yil 1 apreldan boshlab umumiy quvvati 100 kVtgacha boʻlgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini oʻrnatgan jismoniy va yuridik shaxslar ushbu qurilmalar boʻyicha mol-mulk soligʻi, qurilmalar bilan band boʻlgan uchastkalar boʻyicha yer soligʻi hamda yuridik shaxslar tomonidan umumiy tarmoqqa sotgan elektr energiyasi uchun olgan foydasidan hisoblanadigan foyda soligʻini toʻlashdan ular foydalanishga topshirilgan paytdan eʼtiboran uch yil muddatga, oʻrnatilayotgan quyosh panellarining quvvatiga nisbatan 25 foizdan kam boʻlmagan quvvatga ega elektr energiyasini saqlash tizimi bilan oʻrnatilgan boʻlsa – oʻn yil muddatga ozod etiladi. Shoshiling, bu imtiyozlarning barchasi siz uchun. < p style="text-align: right;">Abbos IMOMOV
