«Nukus voqealari» boʻyicha yana 39 nafar sudlanuvchiga nisbatan davlat ayblovchisining xulosasi ochiqlandi

A. Mыrzambetov 2022 yil 2 iyul kuni Chimboy tumanida toʻplangan odamlarga ovoz kuchaytirish moslamalari orqali D. Tajimuratov lider ekanligi, uni ozod qilish va Qoraqalpogʻistonga bosh etish lozimligini maʼlum qilib, ommaviy tartibsizliklarga daʼvat qilgan;
D. Nadirbayev 2022 yil 2 iyul kuni Taxtakoʻpir tumanida odamlarni toʻplab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;
P. Yesengeldiyev 2022 yil 2 iyul kuni Qoʻngʻirot tumanida odamlarni toʻplab, ommaviy tartibsizlikda ishtirok etish uchun Nukus shahriga kelishlariga yetakchilik qilgan;
K. Yeshjanov 2022 yil 2 iyul kuni Qonlikoʻl tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini toʻxtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;
M. Pirlepesov 2022 yil 2 iyul kuni Qonlikoʻl tumanida “Kanteks” korxonasi faoliyatini toʻxtatib, ishchilarni ommaviy tartibsizlikda ishtirok etishga majbur qilgan;
A. Sariyev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus tumanida odamlarni toʻplab, ommaviy tartibsizlikka jalb qilib, ularga yetakchilik qilgan;
N. Bauyetdinov 2022 yil 2 iyul kuni Qonlikoʻl tumanida odamlarni toʻplab, ommaviy tartibsizlikda yetakchilik qilgan;
A. Sharapov 2022 yil 1-2 iyul kunlari Qoraoʻzak tumanidan odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, ularda faol ishtirok etgan;
O. Mamutov 2022 yil 2 iyul kuni Shumanay tumanida ommaviy tartibsizliklarda yetakchilik qilgan;
R. Dosыmbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
A. Allanazarov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjagʻis” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;
N. Duysenbayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjagʻis” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;
K. Bekpolatov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
R. Baimbetov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
Q. Baxiyev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
I. Saparov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
A. Omirzakov Nukus shahrining 21-kichik tumani Beruniy koʻchasida jamoat tartibini saqlayotgan ichki ishlar organi xodimlariga tan-jarohati yetkazib, birining choʻntagida boʻlgan “SAMSUNG GALAXY A1” rusumli mobil telefon apparatini tortib olgan;
N. Baylepesov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjagʻis” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;
A. Jumabekov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Aqjagʻis” MFY hududida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga tan jarohatlari yetkazib, ulardan “PM” rusumli pistoletini tortib olgan;
N. Xabipov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari yetkazgan;
Z. Pirjanov 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi “Naupir” mahallasida ommaviy tartibsizlikni bartaraf etish uchun jalb qilingan huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga hujum qilib, ularga jarohatlari yetkazgan;
Z. Tadjimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan himoya qilib, ularga tan jarohatlari yetkazgan;
O. Dosnazarov 2022 yil 27 iyun kuni Nukus shahridagi “Toshkent” mehmonxonasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilishi koʻzda tutilayotgan oʻzgartirishlarni boʻyicha eʼtirozlari yuzasidan advokatlar yigʻilishini oʻtkazgan hamda D. Tajimuratov 2022 yil 1 iyul kuni ushlangan vaqtida ommaviy tartibsizlik ishtirokchilarini 2-sonli tergov hibsxonasiga toʻplab, D. Tajimuratovni qoʻyib yuborilishini talab qilishga yetakchilik qilgan;
T. Ismailov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda odamlarni Joʻqorgʻi Kenges va Nukus xalqaro aeroportini bosib olishga daʼvat qilib, tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;
I. Polatov uning yordamchisi sifatida faoliyat koʻrsatib kelib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etib, separatizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan;
Sh. Ashirbekov “Tajimuratov Dauletmurat” YouTube-kanaliga maʼmurlik qilib, separatizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan videomateriallarni joylashtirib kelgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;
D. Ramanov D. Tajimuratovga yordamchi sifatida faoliyat koʻrsatib kelib, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol yordam bergan va separatizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan videomateriallarni tarqatgan;
R. Sultaniyazov 2022 yil 1-2 iyul kunlari odamlarni ommaviy tartibsizliklarga jalb qilib, faol ishtirok etgan;
A. Xojanazarov “Yel xыzmetinde” gazetasi bosh muharriri boʻlib, separatizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maqolalar chop etgan hamda D. Tajimuratovning topshirigʻiga asosan fuqarolardan konstitutsiyaga kiritilishi koʻzda tutilayotgan oʻzgartirishlar boʻyicha takliflarni yigʻib, axborot berib borgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;
Ye. Qanaatov separatizm gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan maqolalarni tayyorlab, ularni chop etgan, shuningdek, ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;
O. Kurbanov ommaviy tartibsizliklarga daʼvat qiluvchi videomateriallarni joylashtirib, 2022 yil 1-2 iyul kunlari ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etgan;
R. Jumabayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga toʻsqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yoʻllarni toʻsgan;
A. Naurыzbayev 2022 yil 2 iyul kuni Nukus shahridagi Beruniy va A. Dosnazarov koʻchalari chorrahasida ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish uchun safarbar qilingan huquqni muhofaza qilish organlari avtomashinalarini harakatlanishiga toʻsqinlik qilish maqsadida avtoshina yoqib, yoʻllarni toʻsgan;
N. Genjebayev 2022 yil 2 iyul kuni Qonlikoʻl tumanida ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, avtoshina yoqib, tuman hokimligi binosiga uloqtirgan;
I. Aitmuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda Toʻrtkoʻl guzari koʻprigida “molotov kokteyli”dan foydalanib, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari faoliyatiga qarshilik qilgan;
A. Yesemuratov 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini oʻzboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib oʻtishga harakat qilgan;
K. Begaliyev 2022 yil 2 iyul kuni ommaviy tartibsizliklar paytida Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli suv tashish texnikasini oʻzboshimchalik bilan u yerdagi Milliy gvardiya xodimlari tomonga boshqarib, postni buzib oʻtishga harakat qilgan;
M. Raxmanov 2022 yil 1 iyul kuni D. Tajimuratov huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan ushlangan vaqtida uyiga odamlarni toʻplab, sektor rahbarlaridan uni qoʻyib yuborishlarini talab qilgan hamda ommaviy tartibsizliklarni tashkillashtirishda faol ishtirok etgan;
A. Seytmuratov 2022 yil 1 iyul kuni ommaviy tartibsizliklarda faol ishtirok etib, D. Tajimuratovni qoʻllab-quvvatlab, Joʻqorgʻi Kenges raisi avtomashinasi ustida agressiv harakatlar sodir etgan.