platina.uz
Jamiyat

Buxoroda sudi boʻlayotgan 22 fuqaroning oxirgi soʻzlari tinglandi

Buxoroda sudi boʻlayotgan 22 fuqaroning oxirgi soʻzlari tinglandi
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar boʻyicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida koʻrib chiqish davom ettirilmoqda. Bu haqda Oliy sud xabar berdi. Bugungi sud majlisida sudlanuvchi Dauletmurat Tajimuratovning muzokara soʻzi tinglandi. Shuningdek, 22 nafar sudlanuvchining oxirgi soʻzlari eshitildi. Shundan soʻng sud hayʼati qaror chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi. Sud qarori eʼlon qilinadigan kuni va vaqti haqida qoʻshimcha maʼlum qilinadi. Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Nukus voqealarida ayblangan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoiy ishi Buxoroda koʻrilayotganligi haqida berilgan edi.
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid