platina.uz
Jamiyat

TATUning yotoqxonaga joylashtirilgan talabalari ertaga uyiga kuzatiladi

TATUning yotoqxonaga joylashtirilgan talabalari ertaga uyiga kuzatiladi
Toshkent Axborot texnologiyalari universitetining taʼtil yakuniga yetmay poytaxtga kelgan talabalari yotoqxonaga joylashtirildi. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi  matbuot xizmati xabar bermoqda. Maʼlum qilinishicha,  masʼullar vaziyatni joyiga borib nazoratga olishgan. Talabalarni ertaga oʻz uylariga yetib olishlari uchun sharoit yaratiladi. Shuningdek, boshqa shikoyat tushgan oliy taʼlim muassasalaridagi sharoitlar ham joyida oʻrganilyapti, deyiladi vazirlik xabarida. Avvalroq, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilgan holda rasmiy munosabat bergan edi. Eslatib oʻtamiz,  talabalar turar-joyida yashovchi talabalarning uzaytirilgan taʼtil sabab 18 yanvargacha boʻlgan toʻlov miqdori qayta hisob-kitob qilinishi haqida xabar bergan edik
Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid